TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Amerikaning Lockheed Martin va Raytheon korporatsiyalari yangi yadroviy qurolni yetkaza oladigan qanotli raketa yaratadilar. Raketa uzoq masofalarga uchib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu haqda AQSh Havo Harbiy Kuchlariga tayangan holda RIA novosti xabar berdi.
Shartnomalarning dastlabki qiymati 900 mln dollarni tashkil qilib, loyihani amalga oshirish muddati 54 oy deb belgilangan. Shundan so‘ng, AQSh Havo Harbiy Kuchlari ming dona raketani tayyorlab berish uchun shu ikki kompaniyalardan birini tanlab oladi. Shuningdek, bu raketalarning barchasi ham yadroviy o‘q bilan jihozlangan bo‘lmaydi.
"Bu qurol tufayli havo harbiy kuchlarimizning yadroviy uchlik qismini modernizatsiya qilish imkoniyati paydo bo‘ladi", — deb ta’kidladi AQSh Havo Harbiy Kuchlari vaziri Xezer Uilson.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda AQShga qarshi bo‘lgan davlatlarni to‘xtatish strategiyasi ishlanmoqda.
Shuningdek, bu qurol AQSh havo harbiy kuchlarining imkoniyatlarini yanada kengaytirishi qo‘shimcha qilingan.