TOShKENT, 8-avgust — Sputnik. Bugun boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida so‘nggi o‘quv yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun Germaniyaning Gamburg shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Germaniyaga Hasanboy Do‘smatov, Jasurbek Latipov, Murodjon Ahmadaliyev, Elnur Abduraimov, Iqboljon Xoldarov. Shahram G‘iyosov, Isroil Madrimov, Bektemir Meliqo‘ziyev, Sanjar Tursunov va Bahodir Jalolovlar yo‘l olishgan.
Xabarga ko‘ra, bokschilar mashg‘ulotlar yakuniga yetganidan so‘ng shu yerda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etishadi. Boks bo‘yicha jahon chempionati 25-avgustdan 2-sentabrga qadar bo‘lib o‘tadi.