Chimkent-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilishi mumkin

© Sputnik / Valeriy MorevAvtobus na granitse
Avtobus na granitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2017 yilning birinchi yarim yilligida ikki mamlakat o‘rtasida avtomobilda yuk tashish hajmi 11%ga oshgan va 169,5 ming tonnani tashkil etgan

TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Ostona shahrida ikki mamlakat o‘rtasidagi hukumatlararo kelishuv doirasida xalqaro avtomobil tashuvlari bo‘yicha qozoq-o‘zbek qo‘shma komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qozog‘iston investitsiya va taraqqiyot vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Prezentatsiya novogo avtomobilnogo brenda RAVON - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda yanada ko‘proq Ravon avtomobillari yig‘iladi

Xabarda aytilishicha, tomonlar O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi yuk tashishlar hajmi bo‘yicha ma’lumot almashishgan va joriy yilda o‘zaro yuk tashish hajmi oshganligini qayd etishgan.
"Tomonlar shuningdek, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida muntazam avtobus yo‘nalishlarini ochish masalasini muhokama qildi va dastlabki bosqichda Chimkent-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam avtobus qatnovi bo‘yicha ish olib borishga kelishib oldi", vazirlik matbuot xizmati xabarida.
Vazirlikning ma’lumot berishicha, 2017-yilning birinchi yarim yilligida ikki mamlakat o‘rtasida avtomobilda yuk tashish hajmi 11%ga oshgan va 169,5 ming tonnani tashkil etgan. Avtotransportda tashilgan yuklarni asosan tekstil, gilam, matolar, sabzavot va mevalar, plastmassa mahsulotlari, mexanizm va asbob-uskunalar tashkil etadi.

Yangiliklar lentasi
0