Toshkentda “Jamoatchilik nazorati” guruhlari paydo bo‘ldi

© UzNewsDrujinniki nachali patrulirovat ulisi Tashkenta
Drujinniki nachali patrulirovat ulisi Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Guruh a’zolari tumandagi maktablarning jismoniy tarbiya o‘qituvchilaridan tashkil etilgan bo‘lib, ular qo‘lida qizil chiziqli kulang bog‘ich taqib yurishadi. Bog‘ichda “Jamoatchilik nazorati” deb yozilgan.

TOShKENT, 27 avg – Sputnik. Sovet davrida  odatiy hol bo‘lgan qizil bog‘ichli “drujinachilar”, yaqin orada Toshkent ko‘chalarida paydo bo‘lishi mumkin,  deb xabar qilmoqda UzNews nashri.

O‘zbekiston ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar hokimi, Toshkent shahri IIBB boshlig‘i  va Mirzo-Ulug‘bek tumani IIB tomonidan, sinov tariqasida “Nazorat guruh”lari tashkil etildi.

Guruh a’zolari tumandagi maktablarning jismoniy tarbiya o‘qituvchilaridan tashkil etilgan bo‘lib, ular qo‘lida qizil chiziqli kulang bog‘ich taqib yurishadi. Bog‘ichda “Jamoatchilik nazorati” deb yozilgan.

“Nazorat guruhlari” tashkil qilinishi sabablaridan biri, bu – Sentabr boshida Mustaqillik kuni, Qurbon bayram va yangi o‘quv yili boshlanishi kabi tadbirlarning ustma-ust to‘g‘ri kelishi sabab bo‘lgan, deyilgan xabarda.

“Jamoatchilik  nazorati” vakillari tuman IIB bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda ishlaydi. “Nazorat”chilar  jamoat joylarida tartibni saqlash va kerak bo‘lganda shubhali shaxslarning hujjatlarini tekshirish bilan shug‘ullanadi.

Mirzo-Ulug‘bek tumani IIB vakili UzNews nashriga bergan xabariga ko‘ra, agar ushbu tajriba muvaffaqiyatli yakunlansa, kelajakda shundau guruhlar poytaxtning har bir tumanida joriy qilinishi mumkin ekan.

Yangiliklar lentasi
0