Mirziyoyev: kimki o‘z armiyasini boqishni istamasa, boshqalarning armiyasini boqadi

© Press-slujba prezidenta RUzO‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston rahbari mutasaddilarga Vatan himoyachilari kunini nishonlash tartibini qayta ko‘rib chiqish, bunda an’anaviylikdan qochish, uni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlash tizimini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi

TOShKENT, 28 avg — Sputnik. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari hududlarda mudofaa tizimida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan prezident Shavkat Mirziyoyevga hisobot berdi, deb xabar qildi O‘zbekiston Hukumat portali.

Mirziyoyev videoselektor davomida harbiy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, oliy harbiy bilim yurtlariga yoshlarni tayyorlash tizimini tubdan yangilash masalalariga ham jiddiy e’tibor qaratgan.

Voyennoslujashie armii Uzbekistana. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda yetakchi, jahonda 48-o‘rinni egalladi
"Bilimli, salohiyatli harbiy kadrlarni tayyorlashni quyidan boshlashimiz kerak. Buning uchun 29 akademik litsey faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bu litseylar boshqa litseylardan tubdan farq qilishi lozim. Ushbu dargoh o‘quvchilarini dunyoqarashi keng, jismonan baquvvat, aqlan yetuk insonlar etib tarbiyalash lozim. Bu soha uchun mablag‘ ayamaymiz. Kimki o‘z armiyasini boqishni istamasa, boshqalarning armiyasini boqadi", — degan videoselektor davomida prezident.

O‘zbekiston rahbari mutasaddilarga Vatan himoyachilari kunini nishonlash tartibini qayta ko‘rib chiqish, bunda an’anaviylikdan qochish, uni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlash tizimini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi, deyiladi xabarda.

 

Yangiliklar lentasi
0