Mirziyoyev harbiy o‘quv maydoniga tashrif buyurdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVstrecha Mirziyoyeva s voyennoslujashimi v Kattakurgane
Vstrecha Mirziyoyeva s voyennoslujashimi v Kattakurgane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kecha Shavkat Mirziyoyevning Samarqand viloyatiga tashrifi boshlangan edi. Bugun prezident "Kattaqo‘rg‘on" harbiy dala o‘quv maydoniga tashrif buyurdi.

TOShKENT, 28 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-avgust kuni Samarqandga safarining ikkinchi kunida Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugining "Kattaqo‘rg‘on" dala o‘quv maydoniga tashrif buyurdi. Bu haqda prezident rasmiy veb-sayti xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev 27-avgust kuni Islom Karimov qabrini ziyorat qildi - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev 27-avgust kuni Islom Karimov qabrini ziyorat qildi

Xabarda aytilishicha, prezident poligonga bo‘linmalarning o‘zaro hamkorlikda o‘tkazgan operativ-taktik mashqlarini kuzaish uchun kelgan.

Bu yerda bo‘linmalarning jangovar tayyorgarlik rejasiga muvofiq hamkorlikda o‘zaro taktik harakatini takomillashtirish, harbiy xizmatchilarning murakkab vaziyatlarda nostandart qarorlar qabul qilish kabi maqsadlarga qaratilgan operativ-taktik mashqlari o‘tkazildi.

Dastlab, mazkur dala o‘quv maydonida qo‘shinlar tomonidan dushman tahdidini qaytarish va uni yo‘q qilishga doir bir-biriga bog‘liq bo‘lgan jami jangovar harakatlar, epizodlar namoyish etildi. Mazkur o‘quv mashqlarini rejalashtirishda bugungi zamon jangining muhim xususiyatlari o‘rganildi, qo‘llaniladigan eng maqbul qurol-yarog‘ va harbiy texnika vositalari belgilandi, muhimi harbiy xizmatchilar ma’naviy-ruhiy jihatdan tayyorlandi.

Shavkat Mirziyoyev Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida qo‘llanib kelinayotgan harbiy texnika va qurol-yarog‘lar, ya’ni zirxli texnikalar, artilleriya vositalari, motoo‘qchi bo‘linmalaridagi avtomobillar, razvedka va aloqa vositalari bilan yaqindan tanishdib, harbiy mutaxassislar bilan suhbatlashdi.

Muloqot davomida xarbiy xizmatchilar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish, ularning moddiy ta’minotini mustahkamlash, dars jarayonlarini yangicha usulda olib borish, o‘quv dasturlarini yaratish kabi mavzular ko‘tarildi.

Shuningdek, harbiylarning yuksak ma’naviyatli bo‘lishlari uchun yurtimizning ijodkorlari, adabiyotshunos olimlar va shoirlar bilan adabiy kechalar, turli uchrashuvlar tashkil etish kerakligi qayd etildi.

Shundan so‘ng, Shavkat Mirziyoyev Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida qo‘llanib kelinayotgan harbiy texnika va qurol-yarog‘lar, ya’ni zirxli texnikalar, artilleriya vositalari, motoo‘qchi bo‘linmalaridagi avtomobillar, razvedka va aloqa vositalari bilan yaqindan tanishdi.

Yangiliklar lentasi
0