Dollar rasmiy kursi 4200 so‘mdan oshib ketdi

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishDengi
Dengi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu bugun O‘zbekiston viloyatlaridagi "qora bozor"larda dollar kursi 7750-7900 so‘mni tashkil qilmoqda

TOShKENT, 28 avg — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki 29-avgust sanasidan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymati e’lon qildi.

Bu o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 28 so‘m 5 tiyinga ko‘p bo‘lib, 4210 so‘m 35 tiyinni tashkil qiladi.

Dollarning davlat kursi yangilandi

1 yevro qiymati esa 39,73 so‘mga oshib, 4966 so‘m 88 tiyin deb belgilandi.

Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Shu bugun O‘zbekiston viloyatlaridagi "qora bozor"larda dollar kursi 7750-7900 so‘mni tashkil qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 12-avgust kuni Markaziy bank boshqaruvining "Tijorat banklariga jismoniy shaxslardan naqd chet el valyutasini sotib olishi uchun Markaziy bank tomonidan madad pullari berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida" qarori tasdiqlanligi haqida xabar bergan edik.

Yangiliklar lentasi
0