TOShKENT, 21 avg — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki 22-avgust sanasidan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymati e’lon qildi.
Bu o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 27 so‘m 94 tiyinga ko‘p bo‘lib, 4182 so‘m 30 tiyinni tashkil qiladi.
1 yevro qiymati esa 31,66 so‘mga oshib, 4927 so‘m 15 tiyin deb belgilandi.
Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Eslatib o‘tamiz, shu bugun O‘zbekiston viloyatlaridagi "qora bozor"larda dollar kursi 7800-8000 so‘mni tashkil qilmoqda.