TOShKENT, 28 avg — Sputnik. O‘zbekistonda jamoat transportida naqdsiz pul to‘lov tizimi ishlab chiqildi, deb xabar qildi Podrobno.uz.
Xabarda aytilishicha, maxsus avtomatlashtirilgan tizim yordamida naqdsiz pul to‘lovlarini amalga oshirish mumkin. Ushbu yangi tizim o‘zbekistonlik mutaxassislar tomonidan Singapur Technobiz Transpay tizimi asosida ishlab chiqarilgan.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, ushbu tizim jamoat transport ish faoliyati uchun qulaylik yaratadi. Shuningdek, transportda video kuzatuv va GPS monitoring tizimlari evaziga transportda xavfsizlik ta’minlanadi.
Bundan tashqari, yo‘lovchilarni avtobusga chiqish vaqti ham qisqaradi.
O‘zbekistonliklar ikki turdagi, ya’ni bir martali va ko‘p martali transport kartalarni xarid qilishlari mumkin. Ular metro kassalarda va "Toshshaharyo‘lovchitrans"ning chipta sotish kassalari, pochta bo‘linmalar va gazeta sotish do‘konlarida sotib olish mumkin.
Shuningdek, chiptani mobil telefonga biriktirish mumkin. Maxsus mobil yuklama yordamida transport karta balansini to‘ldirish imkoniyati mavjud.