TOShKENT, 28 avg — Sputnik. O‘zbekistonlik 40 yashar Doniyor Abdumajidov Tenessi shtatining Neshvill shahrida otib ketilgan edi, deb xabar bergan Amerikaning WSMV telekanali.
Politsiyachilar ma’lumotiga ko‘ra, erkak yo‘lning harakatlanish qismida boshidan o‘q yegan holatda topilgan. Telekanalning xabar berishicha, erkak AQShga Grin-karta lotereyasi orqali kelgan. Abdulmajidovning rafiqasi va to‘rt nafar farzandi bor edi.
O‘zbekistonlikning vafot etganligi to‘g‘risida ma’lumot Gofundme.com saytida chop etilgan.
"Hurmatli yurtdoshlar, shu kunlarda bizning hamurtimiz Doniyor Abdumajidov bu dunyoni tark etdi. Olloh uni rahmatiga olgan bo‘lsin… Bizni qo‘llab-quvvatlaganlarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz", — deyiladi saytda e’lon qilingan xabarda.
Ayni vaqtda AQSh politsiyachilari ushbu hodisani o‘rganmoqdalar.
Eslatib o‘tamiz, Doniyor Abdumajidov Neshvil shahridagi New York Pizza pissa tashuvchi bo‘lib ishlagan. Hodisa erkak avtomobilida pissa tashib yurganda yuz bergan.