TOShKENT, 26 avg — Sputnik. AQSh vaqti bilan 24-avgustdan 25-avgustga o‘tar kechasi taxminan soat 1:40 larda AQShning Tennesi shtatida o‘zbekistonlik fuqaroni o‘z mashinasida o‘qotar qurol bilan otib ketishgan. Bu haqda uning turmush o‘rtog‘i Shahlo https://www.gofundme.com/helpdoniyor saytida ma’lum qilgan.
Uning bildirishicha, yaqindagina 40 yoshni qarshilagan Doniyor Abdumajitov bosh qismidan o‘q otar quroldan jarohat olgan holda topilgan. U hozirda shifoxonada og‘ir ahvolda yotibdi.
Doniyor Abdumajitov Green card lotereyasi orqali bir yarim oy oldin AQShga oilasi bilan kelgan. Ularning to‘rt nafar farzandi bor.
Doniyorning oilasiga yordam berish uchun tashkil etilgan jamg‘armaga hozirgacha 543 kishidan 36,5 ming dollarga yaqin mablag‘ kelib tushgan.