Tojikistonda YTH oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

© Sputnik / StringerDushanbe shahri
Dushanbe shahri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Suhbatdoshning aytishicha, mikroavtobusning uch nafar yo‘lovchisi viloyat Qo‘mitasi shtabi xodimlari tomonidan qutqarib qolingan

TOShKENT, 28 avg — Sputnik. Tojikiston janubi-sharqida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida o‘n kishi, shu jumladan to‘rt bolakay vafot etdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Tojikiston Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi navbatchi qismidan olingan xabar asosida.

Tojikiston foydasiga josuslik qilgan o‘zbekistonlik ayol 10-yilga qamaldi
"Tuman markazini Tog‘li-Badaxshon avtonom viloyati markazi bilan bog‘lovchi Roshtkala-Xorog trassasida dushanba kuni ertalab  Starex rusumli mikroavtobusning o‘n nafar yo‘lovchisi halok bo‘ldi", — deyiladi xabar matnida.

Navbatchi qism bergan ma’lumotlarga ko‘ra, mikroavtobusda 13 kishi, shu jumladan, to‘rt nafar bola bo‘lgan.

"Oldindan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan va mikroavtobus Shohdara darosiga tushib ketgan", — deb xabar berishgan navbatchilik qismida.

Suhbatdoshning aytishicha, mikroavtobusning uch nafar yo‘lovchisi viloyat Qo‘mitasi shtabi xodimlari tomonidan qutqarib qolingan.

Yangiliklar lentasi
0