Tojikiston foydasiga josuslik qilgan o‘zbekistonlik ayol 10-yilga qamaldi

Obuna bo‘lish
Sudlanuvchi O‘zbekiston Jinoyat kodeksining "Davlatga xoinlik" moddasi bo‘yicha jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topilgan

TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Tojikiston foydasiga josuslik qilgani uchun o‘zbekistonlik ayol 10,5 yilga qamoq jazosiga mahkum etildi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston TadjikTA agentligiga tayangan holda.

"O‘zbekiston harbiy sudi Sirdaryo viloyati Shirin shahrida yashovchi 36 yashar Alena Kimni Tojikiston foydasiga josuslik qilganlikda aybdor deb topdi va 10-yilu 6 oy qamoqqa mahkum qildi", — deyilgan xabarda.

Sudlanuvchi O‘zbekiston Jinoyat kodeksining "Davlatga xoinlik" moddasi bo‘yicha jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda josuslar fuqarolikdan mahrum qilinadi
Qayd etilishicha, O‘zbekiston fuqarosi josuslik, davlat siri bo‘lgan ma’lumotlarni o‘zga davlatga taqdim etganlik hamda davlat xavfsizligiga tahdid solgan harakatlarni amalga oshirganlikda ayblangan.

Sudlanuvchi ayolning qarindoshlari aytishicha, ushbu ayblovlar Kim Tojikistonga ishlashga borganligi uchungina qo‘yilgan. Aniq bo‘lishicha, ayol Tojikistonning Xo‘jand shahrida joylashgan restoranlarning birida ofitsiant bo‘lib ishlagan.

2016 yilda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga o‘zgartish kiritilgan. O‘zgartishlarga muvofiq, faoliyati davomida o‘zga davlat foydasiga jamoatchilik manfaati hamda davlatga ziyon yetkazganlik uchun fuqarolikdan mahrum qilish nazarda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0