TOShKENT, 27 avg — Sputnik. Toshkentda yong‘inni erta aniqlash zamonaviy tizimi joriy etildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Toshkent IIBning Yong‘in xavfsizligi bo‘linmasi xodimi xabariga ko‘ra, yangi tizim bir oy oldin ishga tushirilgan bo‘lib, ayni damda izchil sinovdan o‘tmoqda. Poytaxtdagi eng baland imoratlar ustiga o‘rnatilgan, uzoqni ko‘ra oladigan maxsus kameralar tunu kun yaqin atrofni kuzatib, yong‘inni imkon qadar ertaroq payqash imkonini beradi.
“Ayni damda biz uchta ana shunday kamera o‘rnatdik. Ulardan biri shahar yong‘in xavfsizligi binosi tomida, yana ikkitasi esa “Paxtakor” metrosi yaqinidagi eski teleminorada o‘rnatilgan. Kameralar o‘rnatilganidan keyin biz uchta yong‘inni erta bosqichida aniqlashga muvaffaq bo‘ldik. Ulardan ayrimlarini biz hatto dispetcher xizmatiga qo‘ng‘iroq bo‘lmasdan aniqlashga muvaffaq bo‘ldik. Ushbu nuqtayi nazardan yangi tizim o‘zini to‘liq oqladi va yong‘in xavfsizligini saqlashda idjobiy natijalar ko‘rsatmoqdayu” – dedi muassa vakili.
Mutaxassis Toshkentda yana uchta shunday kamera o‘rnatilishi rejalashtirilayotganini xabar qildi. Uning aytishiga qaraganda ulardan biri “Chimon” magazini oldidagi ko‘p qavatli uylardan birining tomida, ikkinchisi Yunusoboddagi teleminorada va uchinchisi – Uchtepa tumani hokimiyati oldida paydo bo‘lar ekan.
Shunday qilib, yangi tizim mikoniyati bir necha barobar oshar ekan. Manbaa aytishiga qaraganda ushbu tizim “Xavfsiz shahar” loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda va bundan buyon shaharda ana shunday kameralar soni oshib boradi.
“Yong‘in aniqlanganidan so‘ng, xavf darajasiga qarab, biz FV yuz bergan hududga bir necha o‘t o‘chiruv jamoalarini yuboramiz. Barcha harakatlar markaziy dispetcherlik punkti orqali nazorat qilib turiladi. Yong‘in yuz bergan joy xaritada belgilab olinadi. Bunday ish tizimi favqulodda vaziyatlarda yong‘in xavfsizligi xizmatining tezkorligini, harakatchanligi va yong‘inga qarshi kurashish imkoniyatini oshiradi”, — dedi suhbatdosh.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda poytaxtda 20ga yaqin o‘t o‘chiruvchi jamoalar bor. U yerda texnikaning umumiy soni 200 taga yaqinlashadi.