Toshkentda bir kunda 11ta yong‘in bartaraf qilindi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishPal suxoy travi
Pal suxoy travi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yong‘inlarning yonish maydoni o‘rtacha 200 metr.kv.ni tashkil qiladi.

TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Bir kun davomida yong‘in o‘chirish bo‘linmalari tomonidan Toshkent shahar hududida 11 ta qurigan o‘tlar va shox-shabba yonishi bilan bog‘liq yong‘inlar bartaraf qilindi. Bu haqda Toshkent shahar IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent shahar IIB ma’lumotiga ko‘ra, yong‘inlarning yonish maydoni o‘rtacha 200 metr.kv.ni tashkil qiladi. Bunday yong‘inlarning maydoni bo‘yicha eng yirigi Sergeli tumanidagi Aeroport hududida sodir bo‘lib, yong‘in maydoni taxminan 200 metr. kv. tashkil qiladi. Shuningdek, Bektemir tumani Oltin topgan ko‘chasi 32-uy oldida 200 metr.kv. maydonda quruq o‘t yongan.

Barcha holatlarda alanganing fuqarolar yashash joylariga o‘tib ketishiga yo‘l qo‘yilmagan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0