Sanjar Tursunov jahon chempionatidagi ilk jangida g‘alaba qozondi

© olamsport.comBokser Sanjar Tursunov v chempionate mira v Gamburge
Bokser Sanjar Tursunov v chempionate mira v Gamburge - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
U ilk jangini nikaragualik Jeffi Gonsalesga qarshi o‘tkazdi va 5:0 hisobida g‘alaba qozondi

TOShKENT, 26 avg — Sputnik. O‘zbekistonlik bokschi Sanjar Tursunov (-91 kg) boks bo‘yicha Gamburgda bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatidagi ilk jangida g‘alabaga erishdi. Bu haqda Olamsport.com xabar bermoqda.

Uzbekskaya olimpiyskaya sbornaya po boksu - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik 10 nafar bokschi Germaniyaga jo‘nab ketdi

U ilk jangini nikaragualik Jeffi Gonsalesga qarshi o‘tkazdi va 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Sanjar navbatdagi jangini to‘rtinchi raqam ostida saralangan argentinalik Yamil Peralta Yaraga qarshi o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasining eng yosh a’zosi hisoblangan Sanjar Toshkentda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatining chorak finalida Olimpiada sovrindori hisoblangan qozog‘istonlik Vasiliy Levitga yutqazib qo‘ygandi. Keyinchalik JCh yo‘llanmasi uchun bo‘lib o‘tgan jangda g‘alaba qozonib, Gamburg turnirida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgandi.

Yangiliklar lentasi
0