TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Texas qirg‘oqlariga yaqinlashib kelayotgan "Xarvi" to‘foni bir necha kun davomida vayronagarchiliklarni yuzaga keltirishi mumkin, deb xabar qilingan RIA Novosti axborot agentligiga Oq uydan kelgan maktubda.
"Ushbu shtorm ehtimol, bir necha kun davomida juda katta zararlarni keltirishi mumkin. Prezident xavfli bo‘ron yaqinlashayotgani munosabati bilan odamlarni mahalliy hukumat va shtat rahbarlari tomonidan berilayotgan maslahat va farmoyishlarga amal qilishga chaqirmoqda", — deyilgan xabarda.
Mayamida joylashgan AQShning to‘fonlardan ogohlantirish milliy markazi (NHC) Qo‘shma Shtatlarning sharqiy qirg‘og‘iga tahdid solayotgan "Xarvi" bo‘roni ikkinchi darajagacha kuchaygani haqida xabar qilgan.
Meteorologlar ma’lumotlariga ko‘ra, bo‘ron ichida shamol tezligi soatiga 160 km tashkil qilmoqda.
Bo‘ron shimoli-g‘arbga tomon harakatlanmoqda, va Texas qirg‘oqlariga, yanayam aniqrog‘i Korpus-Kristi shahar hududiga juma kuni kechqurun yoki shanba kuni ertalab yetib kelishi kutilmoqda. Shu bilan birga u uchinchi darajagacha kuchayishi mumkin.
Umuman olganda, "Xarvi" to‘foni AQSh hududida so‘ngi 12-yil ichida sodir bo‘lgan eng kuchli to‘fonga aylanishi ehtimoli mavjud. Amerikaga 2005-yilda yopirilgan "Katrina" bo‘roni Yangi Orlean shahrini deyarli butunlay barbod qilgan edi.