Termizda buddaviylik majmuasi barpo etiladi

© Sputnik / Vsevolod Tarasevich / Mediabankka o‘tishMa’budning bronzadan quyilgan haykali
Ma’budning bronzadan quyilgan haykali - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hujjatda qayd etilishicha, bu chora-tadbirlar "o‘zbek xalqi qadimiy ajdodlarining ko‘pqirrali diniy-ma’naviy merosini tashviqot qilishni" nazarda tutadi

TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Termiz shahrida 2018-yilga qadar buddaviylik memoriy majmuasi va yapon bog‘i barpo etiladi, Bu haqdagi hujjat Lex.uz saytida e’lon qilingan.

Arxeolog olim  Kudzo Kato - Sputnik O‘zbekiston
Mashhur arxeolog va Termizning faxriy fuqarosi Kudzo Kato vafot etdi
Dasturga ko‘ra, Termizda yaponcha uslubda "Rekan" mehmonxnasi, Kudzo Kato muzeyi va memorial maydonni qurish nazarda tutilgan.

Majmuani tanitish uchun Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida axborot kampaniyasini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Hujjatda qayd etilishicha, ushbu chora-tadbirlar "o‘zbek xalqining qadimiy ajdodlarining ko‘pqirrali diniy-ma’naviy merosini tashviqot qilishni" nazarda tutadi.

Shuningdek, bu tadbirlar bilan keng jamoatchilik, "ayniqsa, Sharqiy osiyolik sayyohlarni" Surxondaryo vohasining tarixi va merosi bilan tanishtirish uchun amalga oshirilayotgani ta’kidlab o‘tilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0