TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Ukraina OAVlari xabariga ko‘ra, 23-avgust kuni Ukraina poytaxtining markazida tartib nazoratchilari ko‘z o‘ngida Isroil davlati fuqarosi otib o‘ldirildi. Hodisa yuz bergan joy — Shota Rustaveli ko‘chasiga qo‘shimcha politsiya naradi yetib kelganida, ular erkak jasadini topadilar.
O‘q yegan erkak shu joyning o‘zida halok bo‘lgan, deb xabar qilgan "Novosti Uzbekistana" nashri. Yuz bergan hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Halok bo‘lgan odamning ismi Shohruh Tursunov (u aslida o‘zbekistonlik) ekanligi xabar qilinmoqda. Politsiya xodimlarining aytishicha, otib o‘ldirilgan erkak Isroil fuqarosi va Iyerusalimda yashagan. Hozirda uning hujjatlari soxta-soxtmasligi tekshirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina mustaqilligi kuni arafasida mamlakatda kuchaytirilgan tartibda 4,5 ming politsiyachilar xizmat olib borgan.