Kiyev markazi Vazirlar Mahkamasi binosi oldida portlash sodir bo‘ldi

© Sergei SUPINSKY / AFPSotrudnik pravooxranitelnix organov v sentre Kiyeva, Ukraina
Sotrudnik pravooxranitelnix organov v sentre Kiyeva, Ukraina - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kiyev shahridagi portlash oqibatida 2 nafar kishi jarohatlangan. Voqea joyida tezkor-qidiruv guruh va portlash texnikasi bo‘yicha ekspertlar ishlamoqda

TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Bugun Ukraina mustaqillik kuni nishonlanmoqda. Kiyev markazida hukumat binosi oldida noma’lum predmet portlab ketdi. Bu haqda RIA Novosti Kiyev politsiya matbuot-xizmatiga tayangan holda xabar qildi.

Regioni Rossii. Krim - Sputnik O‘zbekiston
Nega O‘zbekistondan Qrimga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaparvoz yo‘lga qo‘yilmayapti

"Portlash oqibatida 2 kishi jarohatlangan. Voqea joyida tezkor-qidiruv guruh va portlash texnikasi bo‘yicha ekspertlar ishlamoqda" — deb yozilgan Kiyev politsiyasi saytda.

Politsiya sodir bo‘lgan portlash barcha barcha tavsilotlarni o‘rganmoqda. Shuningdek, jabrlanganlar haqidagi ma’lumotlarga aniqlik kiritmoqda.

Hromadske.ua nashri bergan ma’lumotlariga ko‘ra, portlash Dinamo stadioni va Vazirlar Mahkamasi o‘rtasida Grushevsk ko‘chasida sodir bo‘lgan. Bu joyda Ukraina mustaqilligining 26-yilligiga bag‘ishlangan harbiy texnika ko‘rgazmasi joylashgan.

Hodisa guvohi bo‘lgan Andrey Burbela o‘zining Facebookdagi sahifasida portlash bayram paradidan bir soat o‘tgandan so‘ng sodir bo‘lganligini yozgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, granataga o‘xshash narsa portlab ketgan. Portlash oqibatida ikki nafar ayol jabrlanganligi hamda ko‘chada yo‘l to‘silganligini aytilgan.

Yangiliklar lentasi
0