Vikipediyada O‘zbekiston haqida ma’lumot ko‘payadi

© LIONEL BONAVENTURE / AFPLogotip "Vikipedii"
Logotip Vikipedii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston hukumati 2017-2019 yillarda internetda milliy kontentni ko‘paytirishga qaratilgan qaror qabul qildi.

TOShKENT, 24 avg — Sputnik. O‘zbekiston hukumati internetda milliy kontent miqdorini ko‘paytirishga qaratilgan dastur qabul qildi.

Unda 2017-2019 yillar davomida internet tarmog‘ida milliy kontentni rivojlantirish maqsadida bir necha ishlar amalga oshirilishi nazarda tutilgan.

Xususan, Milliy kutubxona va mahalliy kutubxonalar fondlarini raqamlashtirish, yagona muzeylar portali tashkil qilish hamda mahalliy ijtimoiy tarmoqlar xostingi uchun imtiyozlar nazarda tutilgan.

A.Navoiy nomidagi Davlat kutubxonasi - Sputnik O‘zbekiston
Raqamli kutubxonalar tarmog‘i O‘zbekistonda 2018-yilda paydo bo‘ladi

Shuningdek, dasturda raqamlashtirilgan manbaalarga internet orqali kirish uchun barchaga imkoniyat yaratib berish nazarda tutilgan.

2018 yilning mart oyida O‘zbekistonning barcha muzeylarini qamrab olgan yagona muzeylar portali ishga tushishi belgilangan.

2020 yilga kelib “Vikipediya” internet-ensiklopediyasida O‘zbekiston haqidagi ma’lumotlar miqdorini oshirish, diniy mavzudagi mobil ilova yaratish hamda mahalliy ijtimoiy tarmoqlar uchun imtiyozli xosting xizmati yaratish mo‘ljallangan.  

Axborot va kommunikatsiya vazirligi ushbu yilning noyabr oyida milliy kontentni rivojlantirish fondi tashkil qilishi kerak.

Shuningdek, internetning milliy segmentida traffik almashishning piring tizimini tashkil qilish, operatorlar, kontent yaratuvchilar va provayderlar orasida o‘zaro hisob-kitob tizimini yo‘lga qo‘yish ham nazarda tutilgan.

Milliy kontentni rivojlantirish dasturi doirasida qabul qilinayotgan choralar mahalliy nashrlar va televidenie orqali keng ko‘lamda yoritilib borishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0