TOShKENT, 5 okt — Sputnik. O‘zbekistonda 2016-2017 yillarda raqamli kutubxonalar tarmog‘i yaratiladi, deb xabar qildi O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi vakili.
Janubiy Koreya kompaniyasi ma’lumotiga ko‘ra, umumiy miqdori 12 million dollarni tashkil qiluvchi ushbu loyiha Toshkentdagi Alisher Navoiy nomli milliy kutubxona uchun raqamli boshqaruv tizimini tashkil qilishni nazarda tutadi. Shuningdek, ushbu loyiha doirasida O‘zbekistondagi 20 ta milliy kutubxonalarni yagona tarmoqqa birlashtiradigan multimediya markazi hamda kitoblarni skanerlash markazi tashkil etiladi.
Loyihani moliyalashtirish Janubiy Koreyaning Iqtisodiy taraqqiyot hamkorligi jamg‘armasi (EDCF) tomonidan ajratiladigan kredit evaziga amalga oshiriladi. Kredit O‘zbekiston hukumatiga 2013-yilda 40-yil muddatga yiliga 0,1% stavka bo‘yicha berilgan.