TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Qrimni Rossiya tarkibida tan olish uchun G‘arb mamlakatlari oldida hech qanday huquqiy to‘siqlar yo‘q, ular buni faqat siyosiy sabablarga ko‘ra amalga oshirmayapti, dedi Sergey Lavrov MGIMO (Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti) talabalari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda.
“Tan olish uchun siyosiy iroda yo‘q, ammo ushbu vaziyatni o‘z maqsadi yo‘lida ishlatishga xoxish bor. Maqsadning nomi “Rossiyani tiyib turish” deyiladi, u G‘arbda AQSh yo‘lboshchiligida paydo bo‘lgan”, — dedi vazir.
Uning aytishiga qaraganda, g‘arb siyosatchilari ko‘z oldida Rossiya “haddan tashqari mustaqil” bo‘la boshlagan. Faqat ular bir narsani, bu holat “vaqtincha” emasligini, bundan buyon Rossiya doimo mustaqil ish tutishini, tushunishmayapti hozircha, — deydi Lavrov.
TIV rahbari Rossiya Yevropa va AQSh bilan munosobatlarni qayta tiklashga tayor ekanligini yana bir bor ta’kidladi. Buning uchun biz faqat tenghuquqli munosobatlarni talab qilamiz. Lavrov shuningdek, Rossiya ishonchini qaytadan qozonish uchun G‘arbga ko‘p vaqt kerak bo‘lishini ham aytib o‘tdi.
Lavrov, agar AQSh sun’iy muammolarni chetga surib qo‘yib, dunyoda mavjud bo‘lgan real xavflarga qarshi kurashishni boshlasa, bunday hamkorlikdan foyda ko‘p bo‘lishini ham aytib o‘tdi.
Rossiya TIV rahbari, Ukraina muammosini hal qilishda minsk shartnomasidan o‘zga yo‘l yo‘qligini ham yana bir bor aytib o‘tdi. Ukraina rahbarlarining “obyektiv sabablarga ko‘ra” minsk shartnomasini amalga oshira olmasligi ularning obro‘siga putr yetkizadi. Ushbu shartnoma shartlari hamma tomonidan ko‘p marotaba muhokama qilinib, bir ovozdan ma’qullangan edi.
Bu borada Fransiya va Germaniya ham o‘zlarina g‘ayritabiiy tutmoqda. Negadir ular Rossiyaga qarshi sanksiyalarning bekor qilinishini minsk shartnomasi amalga oshishi bilan bog‘lamoqda. Vaholanki, Rossiya nomi ushbu shartnomada biror marta ham tilga olinmagan.
O‘z majburiyatlari va ularni amalga oshirish muddatlari aniq ko‘rsatilgan Ukraina bo‘lsa, shartnomani bajarishni hali boshlamagan ham.