"Ti super! Tansi"ning o‘zbekistonlik qatnashchilari o‘quv yilini Moskvada boshlashadi

© Sputnik / Aleksey TixomirovUchastnisi konkursa "Ti-super Tansi" iz Uzbekistana
Uchastnisi konkursa Ti-super Tansi iz Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qizlarning murabbiyi Feruza Yo‘ldosheva Sputnik muxbiriga qizlar shouni suratga olish ishlariga qanday tayyorgarlik ko‘rishayotgani, kimlarni sog‘inishgani va Moskvada kim bilan tanishishni orzu qilishlari haqida aytib berdi

TOShKENT, 24-avgust — Sputnik, Kseniya Nabatkina. "Ti super! Tansi" xalqaro loyihasining o‘zbekistonlik ishtirokchilari yangi o‘quv yilini Moskvada boshlashadi – hozirda loyihani suratga olish ishlari avji qizg‘in pallasida.

Anastasiya Molokova, Durdona Ergasheva va Monika Dodarbekova Bo‘ka shahridagi bolalar uyi tarbiyalanuvchilari hisoblanishadi.

Ti super! Tansi: uzbekskie uchastnisi prosat zemlyakov o podderjke - Sputnik O‘zbekiston
"Ti super! Tansi" ishtirokchilari qo‘llab-quvvatlashni so‘ramoqda

"Tashkilotchilar bolalar o‘quv yili boshlanishini o‘tkazib yubormasliklari uchun ular shu yerda darslarga qatnashishlariga va’da berishgan", — dedi qizlarning murabbiyi Feruza Yo‘ldosheva.

Uning aytishicha, Durdona va Monikaga sal qiyin bo‘lishi mumkin, chunki ular asosan o‘zbek tilida gaplashishadi. Biroq Nastya har ikki tilda ham bemalol gaplasha oladi va dugonalarini qo‘llab-quvvatlashga hamisha tayyor.

Hozircha ularning asosiy vaqti repetitsiya va suratga olish ishlariga ketmoqda, lekin ular albatta Moskvani tomosha qilishni, Qizil maydonda aylanishni istashadi. Qizlar shuningdek, aktrisa Anastasiya Sivayeva va qo‘shiqchi Nyusha bilan tanishishni juda xohlashadi.

Ular birpasda O‘zbekistonni, do‘stlari va qarindoshlarini sog‘inib ulgurishdi. Masalan Monika yaqinda turmushga chiqqan opasini sog‘ingan.

"Dastlabki kunlari ularga kamera oldida ozgina qiyin bo‘ldi, hozir esa o‘zlarini erkin his qilishmoqda va hayajonlanishmayapti", — deydi Yo‘ldosheva.

Eslatib o‘tamiz, Sputnik axborot agentligi NTV telekanali hamkorligida MDH mamlakatlari bolalar uylari tarbiyalanuvchilari orasida o‘tkazilayotgan "Ti super! Tansi" ko‘rik tanlovida 145 nafar ishtirokchi qatnashmoqda.

Sputnik xalqaro agentligi va radiosi hamda NTV telekanali hamkorligida o‘tkaziladigan "Ti super! Tansi" xalqaro tanlovi ota-ona qarovisiz qolgan, raqsga qiziquvchi bolalarning hayotini yaxshi tomonga o‘zgartirishni maqsad qilgan. Loyihada qatnashish o‘zini keng ommaga tanitish, mamlakatning eng yaxshi pedagoglari bilan birga ishlash, unutilmas taassurotlar olish, yangi do‘stlar va muxlislar orttirish imkoniyati demakdir.

Yangiliklar lentasi
0