TOShKENT, 2-avgust — Sputnik. "Ti super! Tansi" tanloviing o‘zbekistonlik ishtirokchilari o‘z hamurtlaridan ularni qo‘llab-quvvatlashni so‘rashdi.
O‘zbekistondan ushbu konkursda Toshkent viloyati Bo‘ka tumani mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari Anastasiya Molokova, Durdona Ergasheva, Monika Dodarbekovalar ishtirok etmoqda. Bugungi videolavhamizda ular o‘zbekistonlik hamurtlariga murojat qilib, ushbu tanlov davomida ularnini qo‘llab-quvvatlab turishni so‘rashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Sputnik axborot agentligi NTV telekanali hamkorligida MDH mamlakatlari bolalar uylari tarbiyalanuvchilari orasida o‘tkazilayotgan "Ti super! Tansi" ko‘rik tanlovida 145 nafar ishtirokchi qatnashmoqda.