Buxoroda yangi uylarga qo‘shib, mebel, muzlatkich va televizor sovg‘a qilindi

© uzbekistan24V Buxare sdani v ekspluatatsiyu novie tipovie doma
V Buxare sdani v ekspluatatsiyu novie tipovie doma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rabotakda ijtimoiy ko‘makka muhtoj 15 nafar fuqaroga joriy yilda foydalanishga topshiriladigan uylarga egalik qilish huquqini beruvchi order berildi

TOShKENT, 24-avgust — Sputnik. Buxoro tumanidagi Rabotak qishlog‘ida yangilangan loyihalar asosida barpo etilgan zamonaviy uy-joylar foydalanishga topshirildi. Hovli to‘yini nishonlaydiganlar orasida prezident sovg‘asi sifatida uy kalitini olgan 6 nafar ehtiyojmand oila vakillari va jismoniy imkoniyati cheklangan fuqaro ham bor, deb xabar bermoqda uzbekistan24.uz.

Tadbirda yosh oilalarga prezident sovg‘asi sifatida yotoqxona mebeli, oshxona jihozlari, muzlatkich, televizor, changutgich, kir yuvish mashinasi topshirildi.

Chevrolet Spark - Sputnik O‘zbekiston
Arzon uy-joyga avtomobil qo‘shib berilmoqda

Shu kuni Rabotakda ijtimoiy ko‘makka muhtoj 15 nafar fuqaroga joriy yilda foydalanishga topshiriladigan uylarga egalik qilish huquqini beruvchi order berildi.

Yangilangan namunaviy loyihalar asosida viloyat qishloqlarida joriy yil oxiriga qadar yana 200 uy qurilib, 20 tasi ehtiyojmand oilalarga ajratiladi. Ushbu fuqarolarga prezident sovg‘asi sifatida uyning boshlang‘ich badali to‘langani to‘g‘risida sertifikatlar topshirildi.

"O‘zpaxtasanoat" aksiyadorlik jamiyati tomonidan uy-joyga muhtoj nogiron va mehnatga layoqati cheklangan 35 fuqaroga tikuv mashinasi berilib, kasanachilik shartnomasi asosida ishga joylashtirildi.

Boquvchisini yo‘qotgan va kam ta’minlangan oilalar 26 nafar farzandining sunnat to‘yi ham o‘tkazib berildi. Bolajonlarga homiylar tomonidan sovg‘a-salomlar topshirildi.

Yangiliklar lentasi
0