Toshkentda ayol o‘z nabirasini ming dollarga sotmoqchi bo‘ldi

© JOEL SAGET / AFPNovorojdenniy
Novorojdenniy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayol va uning qizi Olmazor tumani Farobiy ko‘chasida joylashgan "Makro" supermarketi avtoturargohida chaqaloqni sotgan vaqtlarida ashyoviy dalil bilan ushlangan

TOShKENT, 24-avgust — Sputnik. Toshkent shahrida yashovchi ayol o‘z nabirasini ming dollarga sotishga urindi, deb xabar berdi poytaxt IIBB axborot xizmati.

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasiga U. Yalgasheva murojaat qilib, Shahodat ismli ayol qizi homiladorligini, tug‘iladigan chaqaloqni sotish niyatlari bor ekanligini aytganini bildirib, mazkur shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mat s mladensem - Sputnik O‘zbekiston
Tug‘ruqxonada chaqalog‘ini sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi

Ular Olmazor tumani Farobiy ko‘chasida joylashgan "Makro" supermarketi avtoturargohida chaqaloqni sotgan vaqtlarida ashyoviy dalil bilan ushlanganlar.

"Mazkur holat yuzasidan Sh.Sattorova va Z.Jo‘raqulovalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan", — deyiladi xabarda.

Ularga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi "a" bandi (odam savdosi) bilan ayblov e’lon qilindi. Ayblanuvchilarga nisbatan "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan.

Yangiliklar lentasi
0