Tug‘ruqxonada chaqalog‘ini sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi

© Sputnik / Aleksandr Kondratuk / Mediabankka o‘tishMat s mladensem
Mat s mladensem - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayol bir necha kunlik bo‘lgan qiz farzandini 100 AQSh dollari va 900 000 so‘mga sotayotgan vaqtda ushlangan

TOShKENT, 13-may — Sputnik. O‘rtachirchiq tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tadbir natijasida endigina bir necha kunlik bo‘lgan chaqaloq “oldi-sottisi”ning oldi olindi, deb xabar beriladi IIV saytida.

Toshkentda ayol o‘z o‘g‘lini 2 ming $ ga sotmoqchi bo‘ldi

Xabarda aytilishicha, O‘rtachirchiq tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘ruqxonada hamshira bo‘lib ishlovchi 1967-yilda tug‘ilgan Gavhar Olimova (ismlari o‘zgartirilgan), shu tumanda yashovchi 1996-yilda tug‘ilgan Gulruh Ochilova (ismlari o‘zgartirilgan) va uning onasi 1972-yilda tug‘ilgan Mahbuba Ochilovalar (ismlari o‘zgartirilgan) jinoiy til biriktirib, Gulruh Ochilovaning shu yil 12-aprel kuni tug‘ilgan qiz farzandini O‘rtachirchiq tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘ruqxona hovlisida 100 AQSh dollari va 900 000 so‘mga sotayotgan vaqtda ushlangan.

Endi bu fuqarolar qonun oldida javob berishadi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0