Samarqand iqtisodiy sudlarida kadrlar yetishmayapti

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka o‘tishMoskovskiy gorodskoy sud
Moskovskiy gorodskoy sud - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yil boshida xo‘jalik sudlari iqtisodiy sudlarga aylantirilganidan keyin Samarqand viloyatiga 11 sudya o‘rniga 22 sudya kerak bo‘lmoqda.

TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Samarqand viloyati iqtisodiy sudlaridagi 22 ish o‘rinlaridan 15tasi vakant bo‘lib qolmoqda, deb xabar qildi Nuz.uz nashri.

Oxirgi vaqtda O‘zbekiston sud tizimida jiddiy o‘zgarishlar qilindi. Xususan,xo‘jalik sudlari iqtisodiy  sudlarga aylantirildi. Birinchi bosqich sud ishlari ko‘rib chiqish huquqiga ega bo‘lgan tuman, tumanlararo va shahar iqtisodiy sudlarining tashkil qilinishi yana bir yangilik bo‘ldi.

Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudi plenumi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudi birlashtiriladi

“Tizim o‘zgarishi yaqinda tashkil qilingan iqtisodiy sudlar kadrlari tarkibiga ham ta’sir qildi. Oldin viloyat xo‘jalik sudida 11 nafar sudya ishlar edi. Hozir ularning soni 22 nafarga yetdi. Lekin hozircha faqat  6ta xodim ishlamoqda, qolgan o‘rinlar vakantligicha qolmoqda. Nomzodlarni tanlab olish bilan O‘zbekiston Oliy sudalar kengashi shug‘ullanadi”, — dedi viloyat iqtisodiy sudi sudasi Arif Nurimov.

Samarqand shahar iqtisodiy sudi raisi Davron Eshmurodov aytishiga qaraganda, shahar sudidan tashqari yana 7ta tumanlararo sudlar ham tashkil qilingan. Masalan, Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudi nafaqat Kattaqo‘rg‘ondan kelib tushgan arizalarni, balkim Narpay va Paxtachi tumanlaridan kelib tushgan arizalarni ko‘rib chiqish bilan shug‘ullanadi. Tayloq tumanlararo sudi esa Tayloq, Samarqand va Urgut tumanlaridan kelib tushgan arizalar bilan shug‘ullanadi.

“Oldin tadbirkorlar 130-150 km masofada, viloyat markazlarida joylashgan xo‘jalik sudlariga murojaat qilishga majbur edilar. Ariza topshirilganidan keyin ham sudga bir necha marotaba qatnashga to‘g‘ri kelar edi. Endi bunday ovoragarchilikka hojat qolmadi”, — dedi Eshmurodov.

Samarqand viloyatida 1-iyundan 14-avgustga qadar 3452 ta ish ko‘rib chiqildi, ulardan 67,4%i viloyat markazidan uzoqda joylashgan tumanlarga tegishli. 2016-yilning birinchi yarmida viloyat xo‘jalik sudi tomonidan 13 020ta ariza ko‘rib chiqilgan bo‘lsa, 2017-yilningolti oyida ushbu ko‘rsatgich 19 280 taga yetdi.

 

Yangiliklar lentasi
0