O‘zbekistonda Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudi birlashtiriladi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni e’lon qilindi

TOShKENT, 21 fev — Sputnik. 2017-yil 1-iyundan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudini birlashtirilib, fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va iqtisodiy sud ish yurituvi sohasidagi sud hokimiyatining yagona oliy organi — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tashkil etiladi. Bu O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonida o‘z aksini topdi.

Adolat timsoli - Sputnik O‘zbekiston
Oliy Majlis: sudya bo‘lib faqat 70 yoshgacha ishlash mumkin

Farmonga ko‘ra, sud hokimiyatining ikki oliy organi —O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudining mavjudligi sud tizimini boshqarish vazifalarining takrorlanishiga, yagona sud amaliyoti ta’minlanmasligiga olib kelmoqda.

Farmonga muvofiq, ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ma’muriy nizolarni, shuningdek ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlarini, tuman (shahar) ma’muriy sudlari tashkil etiladi.

Hujjatda ko‘rsatilishicha, sudyalar hamjamiyatining organi hisoblanadigan va O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta’minlashga ko‘maklashadigan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tashkil etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasi tugatilib, uning 21 nafar bo‘shayotgan ijro apparati shtat birligi Kengashga o‘tkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0