Surxondaryoda yangi suv ombori qurilishi yakuniga yetmoqda

© SputnikProsmotr sujeta o stroitelstve novoy GES "Tupalang" v Surxandarinskoy oblasti
Prosmotr sujeta o stroitelstve novoy GES Tupalang v Surxandarinskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
To‘palang suv ombori qurilishida 13 mln metr yerusti ishlari, 131 km joyda sementlash va 6260 metr yer osti ishlari amalga oshirildi

TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Surxondaryo viloyatida yangi suv omborining qurilish ishlari jadallik bilan davom etmoqda. Bu haqda Uzbekiston 24 xabar qildi.

Dva texnika smotrat na turbinu gidroelektrostansii - Sputnik O‘zbekiston
Rosatom O‘zbekistonga mini-GESlar yetkazib berish imkoniyatini o‘rganmoqda

Xabarda aytilishicha, prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017-2021 yillardagi gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risidagi qarori O‘zbekistonda gidroenergetika salohiyatidan samarali foydalanishga oid ana shunday muhim loyihalarga asos bo‘ldi.

To‘palang suv omborida amalga oshirilayotgan ishlar buning yorqin dalilidir. To‘palang suv ombori qurilishida 13 mln metr yerusti ishlari, 131 km joyda sementlash va 6260 metr yer osti ishlari amalga oshirildi. To‘palang gidroelektr stansiyasida hozirgi kunda har biri 12 mVattdan quvvat ishlab chiqaradigan 2 ta agregat faoliyat yuritmoqda.

Endilikda bu joyda to‘planadigan 500 mln kubometr miqdordagi suv Surxondaryoda 103 gektardan oshiq yer maydoni sug‘orish imkoniyatini yaxshilaydi.

Loyihaning ikkinchi ahamiyatli tomoni shundaki, u dunyoda eng arzon va ekologik toza hisoblangan gidroenergetika ishlab chiqarishni rivojlantirish imkoniyatini yaratmoqda.

Suv ombori qurilishi asnosida To‘palang GES quvvatlari oshirilyapti.

"To‘palang gidro elektr stansiyasi hozirgi kunda har biri 12 mVattdan bo‘lgan 2 ta agregat faoliyat yuritib turibti. Prezident qarorlariga asosan To‘palang GES birinchi va ikkinchi bloklar ishga tushirib bo‘yicha barcha tender ishlari nihoyasiga yetkazildi va 2017-2021 yillar oralig‘ida ishga tushirish rejalashtirilgan. Shunga asosan har bitta agregatning quvvati 72,5 jami ikkita 145-175 mVatt elektr energiya ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi", — deb ta’kidladi "To‘palang GES" bosh muhandisi Asror Jumayev.

Joriy yilning o‘tgan davr mobaynida ushbu yangi loyihlarning hayotga tatbiq etilishi munosabati bilan To‘palang GES qurilish korxonasi tarkibida 500 tadan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi.

"Umuman olganda To‘palang darosida qurilgan GESlar 2021-yilga kelib umumiy quvvati 200-yillik mVattga yaqin bo‘lgan quvvat ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu degani Surxondaryo viloyatining 70 foiz ehtiyojini qoplashga yetadi", — deb qo‘shimcha qildi "To‘palang GES" bosh muhandisi Asror Jumayev.

Dasturga muvofiq, 2030-yilgacha respublikada 24 ta yangi GESlar quriladi. 18 ta mavjud GESlar modernizatsiya qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0