Mirziyoyev ichki ishlar organlari qachon xalq orasida munosib obro‘ qozonishini aytdi

© Press-slujba prezidenta RUzO‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ichki ishlar organlari xodimlari xalq uchun himoyachi bo‘lgan taqdirdagina ular fuqarolar orasida obro‘-e’tibor qozonishini aytdi

TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Ichki ishlar organlari vakillari bilan o‘tkazgan uchrashuvida organ faoliyatini takomillashtirishda tizimni isloh qilishga keng jamoatchilikni jalb qilish muhim ahamiyatga ega ekanini alohida ta’kidladi, deb xabar qildi O‘zbekiston prezidenti matbuot-xizmati.

IIV o‘z xodimlari sodir etgan jinoyatlarni yashirishga urinmoqda
"Ichki ishlar organlarini isloh qilish jarayonida Oliy Majlis Senati yanada faollik bilan ishlashi zarur. Majlisda ko‘tarilgan kamchiliklar Senat bu sohadagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishi lozimligini ko‘rsatmoqda. Tuman va shahar ichki ishlar organlari rahbarlarining o‘rinbosarlariga hududlarni o‘zaro taqsimlab olgan holda faoliyat ko‘rsatish vazifasi topshirilgan. Lekin joylarda taqsimlash ko‘r-ko‘rona amalga oshirilgan", — deb qayd etilgan uchrashuv davomida.

Mirziyoyev ichki ishlar organlari qachon xalq orasida munosib obro‘ qozonishi xususida ham to‘xtalgan.

"Odamlar o‘zini qiynayotgan muammolarni hal qilish uchun to‘la ishonch bilan, avvalambor, ichki ishlar idoralariga, profilaktika inspektorlariga murojaat qilishiga, har bir xodimda o‘z himoyachisini ko‘rishiga erishish zarur. Shundagina ichki ishlar organlari xalq o‘rtasida munosib obro‘-e’tibor qozonadi", — deb ta’kidladi O‘zbekiston prezidenti.

Majlisda Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuratura mutasaddilarining hisobotlari tinglangan.

So‘zga chiqqanlar Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari muhokomadan o‘ziga tegishli xulosa chiqarib olib, majlisda ko‘tarilgan va sohadagi mavjud boshqa kamchiliklarni bartaraf etish yo‘lida astoydil sa’y-harakat qilishlarini ta’kidladilar, deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0