Domodedovo aeroportida 42 ming dollarlik brilliant zargarlik buyumlari aniqlandi

© Press-slujba Domodedovskoy tamojniSotrudniki Domodedovskoy tamojni obnarujili v bagaje passajira nezadeklarirovannie ukrasheniya s brilliantami
Sotrudniki Domodedovskoy tamojni obnarujili v bagaje passajira nezadeklarirovannie ukrasheniya s brilliantami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Zargarlik buyumlar umumiy narxi 2,5 mln rubl (Rossiya MB kursi – 42,2 ming dollar) baholandi

TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Domodedovo bojxonachilari tomonidan yo‘lovchi qo‘l yuki ko‘rikdan o‘tkazilganda deklaratsiyalanmagan brilliant toshli zargarlik buyumlari aniqlandi, deb xabar qildi Domodedovo bojxona xizmati matbuot xizmati.

Sotrudniki Domodedovskoy tamojni izyali osobo krupnuyu  summu valyuti pri popitke nezakonnogo vvoza - Sputnik O‘zbekiston
Domodedovo aeroportida katta miqdordagi valyuta kontrabandasi aniqlandi

Xabarda aytilishicha, Bokudan uchib kelgan reys yo‘lovchilari bojxona nazoratidan o‘tkazilayotganda, Rossiya fuqarosi bojxona xodimlarda shubha uyg‘otdi.

Ushbu fuqaro bojxona nazoratining "yashil yo‘lagi" orqali o‘tishga harakat qilgan. Shuningdek, fuqaro o‘zi bilan bo‘lgan tovarlarni deklaratsiyaga yozmagan.

Ushbu shaxsga tegishli bo‘lgan qo‘l yuklari ko‘zdan kechirilganda ikki dona zanjir, bilaguzuk, uzuk va zirak borligi aniqlandi.

Yo‘lovchi ushbu zargarlik buyumlarni sovg‘a tariqasida sotib olganligini ma’lum qildi. Lekin buyumlarga tegishli bo‘lgan hujjatlar yoki cheklarni taqdim eta olmadi.

Bojxona ekspertiza natijalariga ko‘ra, zargarlik buyumlari tilladan ishlangan bo‘lib, brilliant toshlari bilan bezatilganligi aniqlandi. Zargarlik buyumlari umumiy narxi 2,5 mln rubl (Rossiya MB kursi — 42,2 ming dollar) baholandi.

Rossiya bojxona qonunchiligi talablariga asosan 10 ming yevrodan ortiq bo‘lgan tovarlarni o‘z ehtiyoji uchun olib kirilganda, masalan qimmatbaho zargarlik buyumlari, yo‘lovchi tomonidan deklaratsiya to‘ldirilishi hamda ortiq bo‘lgan qiymati bo‘yicha 30 foiz bojxona bojini to‘lashi shartligi belgilangan.

Yo‘lovchiga nisbatan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida ish ochilib, zargarlik buyumlari olib qo‘yildi.

Yangiliklar lentasi
0