TOShKENT, 8-avgust — Sputnik. Domodedovo aeroportida Batumi-Moskva reysida uchib kelgan yo‘lovchilar bojxona nazoratidan o‘tkazilganda juda ko‘p miqdorda xorijiy valyutasini olib o‘tishga harakat qilmoqchi bo‘lgan Gruziya fuqarosi to‘xtatildi. Bu haqda Domodedovo bojxona xizmati matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, 34 yoshli Gruziya fuqarosi "yashil yo‘lak" orqali bojxona nazoratidan o‘tishga uringan. Uning qo‘l yuklari tekshirilganda 56,5 ming AQSh dollari, 10,7 ming turk lirasi hamda 297 ming Rossiya rubli bo‘lgan.
Rossiya bojxona qonunchiligida 10 ming AQSh dollar ekvivalentida bo‘lgan valyuta qimmatliklar olib o‘tilayotgan hollarda yozma ravishda bojxona deklaratsiyasi to‘ldirilishi shartligi qayd etilgan.
Gruziya fuqarosi esa deklaratsiya to‘ldirmasdan olib o‘tish mumkin bo‘lgan miqdordan 5 baravar ko‘p pulni olib o‘tishga harakat qilgan.
Uning bu harakati Rossiya Jinoyat kodeksida pul mablag‘lari kontrabandasi sifatida tasniflanadi. Undan jarima undirilishi yoki to‘rt yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Hozirda jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.