Prezident qarori bilan "Energiya tejash milliy kompaniyasi" tashkil etildi

© Sputnik / Petr Chernov / Mediabankka o‘tishEnergosberegayushie lampochki
Energosberegayushie lampochki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Energiya tejash milliy kompaniyasi" aksiyadorlik jamiyati davlat organlari va tashkilotlarida energiya samarador va energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning yagona yetkazib beruvchisi etib belgilandi

TOShKENT, 23-avgust — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Zamonaviy energiya samarador va energiya tejaydigan texnologiyalarni yanada joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi. Bu haqda uzbekistan24.uz xabar qilmoqda.

Elektrostansiya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda energiyani tejashga yanada e’tibor qaratiladi

Qarorga muvofiq, "Energiya tejash milliy kompaniyasi" aksiyadorlik jamiyati tashkil etilib, unga davlat organlari va tashkilotlarida energiya resurslari iste’molining samaradorligini monitoring qilish, davlat organlari va tashkilotlarida zamonaviy energiya samarador va energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha takliflar tayyorlash va ularni amalda joriy etish hamda tovarlar (ishlar, xizmatlar) tannarxini pasaytirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish va energiya resurslari uchun xarajatlarni qisqartirish hisobiga budjet hamda o‘z mablag‘larini tejash kabi vazifalar yuklatildi.

"Energiya tejash milliy kompaniyasi" aksiyadorlik jamiyati davlat organlari va tashkilotlarida energiya samarador va energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning yagona yetkazib beruvchisi etib belgilandi.

Qarorning to‘liq matni matbuotda e’lon qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0