O‘zbekistonda yagona maktab formasi joriy etiladi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishO‘quv yilining boshlanishi
O‘quv yilining boshlanishi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘sib kelayotgan yosh avlodda ma’naviyatni shakllantirish va qiimat hamda arzon kiyim o‘rtasidagi farqni yo‘qotish uchun prezident Shavkat Mirziyoyev respublikada maktab formasini joriy etish taklifini kiritdi

TOShKENT, 19 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev umumta’lim maktablarida maktab formasini joriy etilishi tarafdori ekanligini ma’lum qildi.

Ta’lim sohasidagi islohotlarga bag‘ishlangan yig‘ilishda Mirziyoyev maktab o‘quvchilarining tashqi ko‘rinishlariga alohida e’tibor qaratdi.

O‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari - Sputnik O‘zbekiston
Vazirlar 11-yillik ta’lim tizimiga o‘tish bo‘yicha Mirziyoyevga batafsil axborot berishdi
"Bizning o‘zbek mentaliletini hisobga olgan holda, maktablar va kollejlarga yagona forma joriy etish lozim. Forma bilan maktab o‘quvchisining ma’naviy dunyosi, madaniyati, mas’uliyati o‘zgaradi. Bizning jamiyatimizda g‘arib va boy kiyingan maktab o‘quvchilari o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelmoqda. Bu kabi vaziyatlar ma’naviyatni emas, nafratni uyg‘otadi. Aynan mana shu illatni biz tag-tomiri bilan sug‘urib tashlashimiz kerak", — deb fikr bildirgan prezident.

Mirziyoyev shuningdek, ota-onalar bolalarga kiyim xarid qilar ekan, bu kiyimlar aksariyat hollarda sifatsiz materiallardan tikilayotganini qo‘shimcha qilgan.

"Oqibatda, aholi pullarni havoga sovurmoqda. Aynan mana shu holat meni umuman qoniqtirmayapti", — degan prezident va adolatli, teng huquqli jamiyat qurish kerakligini qo‘shimcha qilgan.

Yangiliklar lentasi
0