TOShKENT, 23-avgust — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Ulug‘bek Rozuqulovni bosh vazir o‘rinbosari va "O‘zavtosanoat" aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi lavozimidan ozod qilish haqidagi farmonga imzo chekdi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.
Rozuqulov shuningdek, eksport salohiyatini va mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksining rahbari lavozimidan ham ozod etilgan.
Uning bo‘shatilishiga "boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan"ligi sabab qilib ko‘rsatilgan.
Mirziyoyev shuningdek, bosh vazirning yangi o‘rinbosari va shu bilan bir vaqtda "O‘zagrotexsanoatxolding" boshqaruvi raisi etib Nodir Otajonovni tayinlagan. U eksport salohiyatini va mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksini ham boshqaradi.