Ulug‘bek Rozuqulov MDH hukumat rahbarlari kengashida ishtirok etadi

© Sputnik / Dmitriy AstaxovMDH davlatlari bayroqlari
MDH davlatlari bayroqlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Belarusga tashrif chog‘ida O‘zbekiston delegatsiyasi turli darajalarda ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazadi

TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Joriy yilning 26-28 oktabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Rozuqulov boshchiligidagi delegatsiya Belarus Respublikasiga tashrif buyuradi. Bu haqda O‘zbekiston TIV saytida xabar qilinmoqda.

Delegatsiya turli darajalarda ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazadi hamda 28-oktabr kuni Minsk shahrida bo‘lib o‘tadigan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.

Majlisda MDH faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirishga oid 20dan ortiq hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan, deb ma’lum qildi MDH Ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Iqtisodiy hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratish, shuningdek, gumanitar sohaga oid bir qator muhim hujjatlarni ko‘rib chiqish mo‘ljallangan. Bundan tashqari, majlis qatnashchilari budjet-moliya masalalariga e’tibor qaratishadi hamda kelgusi uchrashuvning sanasi va o‘tkaziladigan joyini belgilab olishadi.

Yangiliklar lentasi
0