Tojikiston O‘zbekistonni arzon elektr toki bilan ta’minlamoqchi

© Sputnik / Sergey Malgavko / Mediabankka o‘tishElektr uzatish liniyalari
Elektr uzatish liniyalari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Agar qo‘shnilarimiz yoz mavsumida nisbatan arzon elektr quvvatini olmoqchi bo‘lsalar, ular mavjud elektro‘tkazgichlari bo‘yicha bizning quvvat tizimimizga ulanishlari mumkin. Biz ko‘p yillardan buyon ishlamay turgan ushbu o‘tkazgichlar bo‘yicha elektr tokini yetkazib berishni qayta tiklashimiz mumkin", — deb aytgan vazir

TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Markaziy Osiyo mamlakatlari minatqadagi yagona elektr energiya tizimini qayta tiklash bo‘yicha ish olib borishmoqda, deb xabar qilmoqda Podrobno.uz.

Xabarda ta’kidlanishicha, Tojikistondagi elektr energetika liniyalarini O‘zbekistonning elektr quvvati tizimi bilan bog‘lash imkoniyati to‘liq o‘rganilgan.

LEP - Sputnik O‘zbekiston
328 milliard - O‘zbekistonda elektr energiyasidan qarzdorlik miqdori shunchani tashkil qilmoqda
"Mamlakatlarimiz o‘rtasida elektr quvvati tizimini birlashtirish bo‘yicha ma’lum ishlar allaqachon amalga oshirildi", — deb bayonot qilgan seshanba kuni Dushanbeda bo‘lib o‘tgan matbuot-anjumani vaqtida Tojikiston Energetika va suv resurslari vaziri Usmonali Usmonzoda.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Tojikistonda yoz mavsumida O‘zbekiston, Turkmaniston va Qozog‘istonga elektr quvvatini yetkazib berish uchun texnik imkoniyatlar mavjud. "Agar qo‘shnilarimiz yoz mavsumida nisbatan arzon elektr quvvatini olmoqchi bo‘lsalar, ular mavjud elektro‘tkazgichlari bo‘yicha bizning quvvat tizimimizga ulanishlari mumkin. Biz ko‘p yillardan buyon ishlamay turgan ushbu o‘tkazgichlar bo‘yicha elektr tokini yetkazib berishni qayta tiklashimiz mumkin", — deb aytgan vazir.

Yangiliklar lentasi
0