Ikki erkak O‘sh bozori hududida jinsiy yaqinlik qilayotgan vaqtda qo‘lga olindi

© Sputnik KirgizstanBishkekdagi militsiya xodimlari
Bishkekdagi militsiya xodimlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikki erkak O‘sh bozori hududida jinsiy yaqinlik qilayotgan bo‘lgan, biri militsiya tomonidan qo‘lga olingan. Huquq-tartibot organlari hodisa ustiga kirib borganlar

TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Bishkek (Qirg‘iziston)dagi O‘sh bozori hududiga yaqin joyda boshqa bir erkakni majburlashda gumon qilinayotgan erkak qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Sputnik Qirg‘iziston nashri.

Nashrga bu haqda huquq-tartibot organlaridagi o‘z manbasi xabar bergan.

Erkak ayol kishini bo‘g‘apti - Sputnik O‘zbekiston
Issiq-Ko‘lga dam olishga borgan erkak o‘z xotinini bo‘g‘ib o‘ldirdi
Hodisa 19-avgust kuni aholi yashaydigan ko‘p qavatli uylarni birini yerto‘lasida yuz bergan.

"Ma’lumotlarga ko‘ra, erkak yerto‘lada uxlab yotgan bo‘lgan. Uning yoniga, taxminlarga ko‘ra, zo‘ravon yaqinlashgan va o‘z ishini boshlagan. Shu uyda yashovchi aholi buni ko‘rib qolib, "102" xizmatiga qo‘ng‘iroq qilganlar. Militsiya xodimlari xonaga jinsiy yaqinlik ustiga kirib borishgan", — deb aytgan nashrga suhbatdosh.

"Jabrlanuvchi" shikoyat qilishdan bosh tortgan, va militsiyaga ariza yozmasligini ta’kidlagan, shu bois qo‘lga olingan gumondorni qo‘yib yuborishga to‘g‘ri kelgan. Gumondor Jalolobod viloyatining Toktogul tumanidan ekanligi va 33 yoshda bo‘lgani ma’lum, xolos.

Yangiliklar lentasi
0