O‘zbekistonda josuslar fuqarolikdan mahrum qilinadi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi Farmonga imzo chekdi.

TOShKENT, 1 mar — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi Farmonga imzo chekdi.

Unga ko‘ra, agar shaxs xorijiy davlat foydasini ko‘zlab faoliyat yuritish yoki tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish orqali jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazgan bo‘lsa, fuqarolikdan mahrum etiladi.

Eslatib o‘tamiz, quyidagi asoslar bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi yo‘qotilishi mumkin:
— shaxs chet davlatda harbiy xizmatga, xavfsizlik xizmati idoralariga, politsiyaga, adliya idoralariga yoki davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa idoralariga ishga kirganligi natijasida;
— agar chet elda doimiy yashovchi shaxs besh yil davomida uzrli sabablarsiz konsullik hisobiga turmagan bo‘lsa;  — agar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi yolg‘onligi shak-shubhasiz ma’lumotlar yoki soxta hujjatlarni taqdim etish natijasida olingan bo‘lsa; — agar shaxs xorijiy davlat foydasini ko‘zlab faoliyat yuritish yoki tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish orqali jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazgan bo‘lsa.

Yangiliklar lentasi
0