TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Telegramda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kanali paydo bo‘ldi.
Shu kanal joriy yil 19-avgust kuni yaratilgan bo‘lib, birinchi xabar 21-avgustda yozilgan.
Kanalda prezident faoliyati, amalga oshirilgan tashriflar va yig‘ilishlarda olingan rasmlar va rasmiy xabarlar joylashtirilgan. Xabarlar ikki tilda bayon etilgan. Bugungi kunda 190 nafar sahifa kuzatuvchilari mavjud.
Eslatib o‘tamiz, shu yil avgust oyida Instagramda Shavkat Mirziyoyevning sahifasi paydo bo‘lgan edi. Unda prezidentning viloyatlarga amalga oshirilgan tashrif davomida olingan rasmlarni ko‘rish mumkin. Masalan, Olmaliq tashrifi haqida batafsil foto hisobot joylashtirilgan. Instagramdagi Mirziyoyevning sahifasi 30 dan ortiq kuzatuvchilarni to‘plagan.