TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Suratlar O‘zbekiston prezidenti nomiga ochilgan sahifada chop etildi.
"Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 15-iyul kuni Yunusobod tumanidagi obyektlarga tashrifidan va faolar bilan uchrashuvidan ayrim fotolavhalar", — deyilgan suratlar tagida qoldirilgan izohda.
Suratlar shu vaqtgacha 1,2 ming nafar Feysbuk foydalanuvchilariga yoqqan.
O‘zbekiston fuqarolari suratlar tagidan qoldirgan izohlarida "biz siz uchun duodamiz, biz siz bilan" degan so‘zlarni yozishgan va prezidentga sihat-salomatlik tilashgan.