GM Uzbekistan zavodida avtomashinalar ishlab chiqarilishi vaqtinchalik to‘xtatildi

© Novosti UzbekistanaKak delayut avtomobili GM Uzbekistan
Kak delayut avtomobili GM Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Asaka zavodida avtomobillarni ishlab chiqarishni to‘xtatish rejali tartibda amalga oshirilayotganligi va zavodda profilaktik ishlar bajarilishi ma’lum qilindi GM Uzbekistan kompaniyaning OAV bilan aloqa qilish xizmati tomonidan

TOShKENT, 21 avg — Sputnik. Tasdiqlangan bajariladigan ishlar rejasiga asosan 2017-yil 22-avgust kunidan Asaka shahridagi GM Uzbekistan zavodida har yilgi profilaktik ishlarni boshlaydi. Bu haqda kompaniyaning OAVlar bilan aloqa qilish xizmati Facebookdagi sahifasida ma’lum qildi.

Kak delayut avtomobili GM Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
GM Uzbekistan o‘z servis markazlarini ma’lum qildi

Ushbu chora-tadbirlar davomida zavod profilaktik ko‘rikdan o‘tkazilib, asosiy va yordamchi asbob-uskunalarga to‘liq texnik xizmat ko‘rsatiladi. Zavod qoldiqlari taftish qilinadi. Kommunal xo‘jalik va kommunikatsiya tarmoqlarida ta’mirlash ishlari bajariladi. Shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish rejasi bo‘yicha ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.

Shu bilan xabarda, GM Uzbekistan kompaniyasi tomonidan avtomashinalar bo‘yicha barcha shartnomaviy majburiyatlar o‘z vaqtida to‘liq bajarilishi ma’lum qilingan. Ta’mirlash ishlari shartnomalarda qayd etilgan avtomobillarni mijozlarga yetkazib berish muddatlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatmaydi.

"Avtomobillarni ishlab chiqarish 2017-yil 11-sentabrdan boshlanadi", — deyilgan kompaniya xabarida.

Yangiliklar lentasi
0