Qozon shahrida O‘zbekiston Respublikasi bosh konsulligi ochiladi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishGoroda Rossii. Kazan
Goroda Rossii. Kazan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozondagi O‘zbekiston bosh konsulligi hududiga Boshqirdiston, Mariy El, Mordoviya, Tatariston, Udmurtiston, Chuvashiston, Perm o‘lkasi, Nijegorod, Orenburg, Penza, Samara, Saratov va Ulyanovsk viloyatlari kiradi

TOShKENT, 22-avgust — Sputnik. Rossiya hukumati Qozon shahrida O‘zbekistonning bosh konsulligi ochilishini ma’qulladi. Bu haqda huquqiy ma’lumotlar rasmiy internet portalida joylashtirilgan farmoyishda aytilgan.

Migrantlar - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Rossiyaning yana 5ta shahrida konsulxonalar ochishni rejalashtirgan

Bosh vazir Dmitriy Medvedev tomonidan imzolangan hujjatda Qozon shahrida O‘zbekiston Respublikasining bosh konsulligini ochish haqidagi Rossiya TIV taklifini qabul qilish ko‘rsatilgan.

Qozondagi O‘zbekiston bosh konsulligi hududiga Boshqirdiston, Mariy El, Mordoviya, Tatariston, Udmurtiston, Chuvashiston, Perm o‘lkasi, Nijegorod, Orenburg, Penza, Samara, Saratov va Ulyanovsk viloyatlari kiradi.

Tatariston hukumatiga bosh konsullik uchun ijara yoki sotib olish shartlari asosida xizmat va yashash binolari ajratish tavsiya qilindi.

Ayni vaqtda Rossiya hududida Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasi va Novosibirskdagi konsullik faoliyat ko‘rsatmoqda.

Yangiliklar lentasi
0