Jumladan, O‘zbekiston konsulxonalari Rossiyaning Sankt-Peterburg, Qozon, Rostov Donda, Yekaterinburg, Vladivostok, shuningdek, Qozog‘istonning Olma-Ota shaharlarida ochilishi rejalashtirilmoqda.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Javlon Vahobovning aytishicha, Tashqi ishlar mahkamasi, va eng avvalo O‘zbekistonning Rossiyadagi konsulxonalari mamlakatdan chetga migratsiya oqimi bu qadar shiddat bilan o‘sishiga tayyor emasdi.
"Rossiyada shu onda faqat Moskva va Novosibirsk shaharlarida konsullik bo‘limlari mavjud. Bu Rossiyadagi ko‘p sonli o‘zbekistonliklarga yetarli xizmat ko‘rsatish imkoniyatini bermayapti", — deb ta’kidlagan Vahobov.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.