Almazbek Atambayev O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovPrezident Kirgizstana Almazbek Atambayev
Prezident Kirgizstana Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston prezidenti safarining aniq sanasi hozircha ma’lum emas.

TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Almazbek Atambayev Toshkentga rasmiy tashrif bilan kelishga tayyorlanmoqda. Bu haqida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovning Qirg‘izistonga safari vaqtida kelishib olingan, RIA Novosti xabariga ko‘ra.

Qirg‘iziston bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov aytishiga ko‘ra, O‘zbekiston bosh vazirining tashrifi, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan birinchi tashrif bo‘lgan va u "Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayevning Toshkentga rasmiy tashrifi oldidan" amalga oshirilgan.

Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov pribil s rabochim vizitom v Kirgizstan - Sputnik O‘zbekiston
Abdulla Aripov o‘zbek-qirg‘iz aloqalarini mustahkamlovchi tadbirlarni taklif qildi

"Hukumatlararo komissiya mavqeyi birinchi bor hukumat rahbarlari darajasigacha ko‘tarildi. Bu bizga eng dolzarb muammolar bo‘yicha tezkor qarorlar qabul qilish imkonini beradi. Bugun biz yaqin kelajak rejasini tuzdik va o‘zaro mahsulot almashuvini oshirish maqsadida mavjud to‘siqlarni olib tashlashga qaror qildik. Kelajakda barcha harakatlarni mamlakatlarimiz orasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga qaratamiz", — dedi  Jeenbekov.

Qirg‘iziston bosh vaziri aytishiga qaraganda O‘zbekiston Qirg‘izistonga qishloq xo‘jalik texnikasini, avtomobillar va maishiy texnika yetkizib beradi. Qirg‘iziston bo‘lsa qo‘shni mamlakatga oziq-ovqat mahsulotlari, sut va go‘sht, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoati mahsulotlari yetkizib beradi.

O‘z navbatida, Abdulla Aripov ham ushbu tashrifdan mamnun ekanini hamda uchrashuvlar do‘stona va samarali bo‘lganini xabar qildi.

"Bizda yaqin kelajakda o‘zaro mahsulot almashuvini oshirishimiz, transport kommunikatsiyalari imkoniyatlaridan keng foydalanishimiz va oldimizda turgan vazifalarni bosqichma-bosqich hal qilishimiz uchun barcha imkoniyat bor", — dedi Aripov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov chorshanba kuni Bishkekka ishchi tashrif bilan kelgan edi. tashrif davomida Aripov hukumatlararo Chegarani demarkatsiya va delimitatsiya qilish hamda Savdo-sanoat palatalari uchrashuvlarida ishtirok etdi.

Yangiliklar lentasi
0