73 nafar urush faxriylari Hajga bepul yuboriladi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishPalomniki v Mekke
Palomniki v Mekke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu yil O‘zbekistonda 9-may Xotira kuni boshqacha tantana bilan kutib olindi va Ikkinchi jahon urushi faxriylariga qator mukofotlar va imtiyozlar berildi.

TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi Ikkinchi Jahon urushi faxriylaridan 73 nafari bepul Haj ziyoratiga  borib kelish imkoniga ega bo‘ldi, deb xabar qilmoqda "Nuroniy" jamg‘armasining matbuot xizmati.

"Ilgari Haj ziyoratiga borolmagan yoki bunga imkoni bo‘lmagan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Prezident tomonidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan Haj ziyoratiga yuboriladigan bo‘ldi", — deyilgan muassasa xabarida.

Shuningdek xabarda, ushbu yil 9-may Xotira va qadirlash kuni munosabati bilan O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushui faxriylariga ko‘rsatilgan izzat-ikrom haqida ham to‘xtalib o‘tilgan. Xususan, 1615 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga ikki million so‘mdan bir martalik pul mukofotlari berilishi, 14 nafar ehtiyojmand faxriylarga yangi zamonaviy uy-joylar tuhfa etilishi, urush faxriylari istiqomat qiladigan 172 ta uy-joy to‘liq qayta ta’mirlandi va boshqa yordam choralari ko‘rsatildi.

Yangiliklar lentasi
0