Hindiston ikki qadimiy noyob asar nusxalarini O‘zbekistonga topshirdi

Direktor Natsionalnogo muzeya Indii Budxa Rashmi Mani ofitsialno peredal Abdulazizu Kamilovu kopii rukopisey Babura "Divan-i-Babur" i miniaturi "Svadebnaya seremoniya prinsa Dari Shikoxa"
Direktor Natsionalnogo muzeya Indii Budxa Rashmi Mani ofitsialno peredal Abdulazizu Kamilovu kopii rukopisey Babura Divan-i-Babur i miniaturi Svadebnaya seremoniya prinsa Dari Shikoxa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Zahiriddin Muhammad Boburning 1528-yilda yozilgan "Devoni Bobur" qo‘lozmasining va 1640-yilda chizilgan "Shahzoda Dori Shikohning to‘y marosimi" miniaturasining nusxalari O‘zbekiston Davlat tarix muzeyidan joy oladigan bo‘ldi

TOShKENT, 22-avgust — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Dehli shahrida Hindiston Milliy muzeyiga tashrif buyurdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Mehmonlar Markaziy Osiyo buyumlariga bag‘ishlangan va mintaqaning Hindiston bilan bog‘lovchi ko‘p asrlik va samarali aloqalari haqida guvohlik beruvchi maxsus galereya bilan tanishtirildi.

Mavzoley Chashma Ayub - Sputnik O‘zbekiston
Britaniya muzeyi O‘zbekistondan o‘g‘irlab ketilgan tarixiy yodgorlikni qaytaradi

Davlat rahbarining o‘zbek xalqining tarixiy va madaniy boyliklari namunalarini Vatanga qaytarish to‘g‘risidagi topshirig‘ini bajarish doirasida O‘zbekiston elchixonasi Hindiston tomoni bilan Milliy muzeyda saqlanayotgan Zahiriddin Muhammad Boburning 1528-yilda yozilgan "Devoni Bobur" qo‘lozmasining va 1640-yilda chizilgan "Shahzoda Dori Shikohning to‘y marosimi" miniaturasining nusxalarini O‘zbekiston tomoniga rasman topshirish masalasini kelishib oldi.

Ekspozitsiya bilan tanishib chiqilgach, Hindiston Milliy muzeyi Bosh direktori Budha Rashmi Mani O‘zbekiston delegatsiyasiga yuqorida qayd etilgan qo‘lozma va miniatura nusxalarini rasman topshirdi. Ular O‘zbekiston Davlat tarix muzeyidan joy oladi.

Hindiston Milliy muzeyi mamlakatning asosiy tarixiy-badiiy xazinasi hisoblanib, u qadimgi yodgorliklarning boy kolleksiyasi, o‘tmishdagi sivilizatsiyalarning arxeologiya boyliklari hamda madaniyat va etnik xilma-xillik eksponatlarini o‘zida jamlagan.

Hozirgi kunda muzeyda 200 mingdan ortiq hind va xorij san’ati namunalari saqlanadi.

Yangiliklar lentasi
0