Maktablarda remont uchun pul yig‘ilmaydi: ta’mirlash-eksplutatsiya xizmatlari tashkil etilyapti

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishMaktabni yangi o‘quv yiliga tayyorlash
Maktabni yangi o‘quv yiliga tayyorlash - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda maktablar, bolalar bog‘chalari va tibbiyot muassasalari uchun maxsus ta’mirlash-ekspluatatsiya xizmatlari yaratiladi

TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Endi maktablarda ta’mirlash ishlari uchun pul yig‘ilmaydi, davlat ta’mirlash-ekspluatatsiya xizmatlarini tashkil qilmoqda, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev sentabr oyi oxiriga qadar bu xizmatlarni tashkil qilish bo‘yicha qaror qabul qilish topshirig‘ini bergan.

Yangi xizmatlar binolar va inshootlarning o‘rnatilgan tartibda ekspluatatsiya qilinishi, elektr energiyasi, suv, gazni tejab ishlatilishini ta’minlash va moslamalar holati bo‘yicha monitoring olib borish uchun tashkil qilinmoqda.

O‘quv yilining boshlanishi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yagona maktab formasi joriy etiladi
Bu xizmat turining tashkil qilinishi ta’lim va tibbiyot muassasalarida santexnik va elektrik singari shtatlarning tugatilishini nazarda tutadi.

Barcha yuzaga kelayotgan muammolarni tezkorlik bilan hal etish uchun xizmatlar mobil bo‘linmalar tashkil etiladi.

O‘zbekiston rahbari topshirig‘i bilan tashkil etilayotgan xizmatlarning material-texnik bazasi davlat tomonidan moliyalashtiriladi. Mirziyoyev, shuningdek, maxsus avtotransport, qurilmalar, kompyuter texnikasi va jihozlarni xarid qilish uchun pul ajratilishini belgilagan.

Yangiliklar lentasi
0